Sayt test rejimida ishlamoqda

 VAZIR: “ENDI JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI JORIY ETILADI”

22-iyul 2023-yil
image

 VAZIR: “ENDI JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI JORIY ETILADI”

Bugun Jizzax viloyatida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. 
Yig‘ilish davomida viloyatni respublikada “namunali hudud”ga aylantirish borasida Hilola Umarova tomonidan:

Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o‘rgatishni joriy etish,

 maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,

 maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish,
 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi. 

Bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) ta’lim jarayonlari joriy etiladi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu