Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘quvchilarimiz bitiruvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha yozgi maktabda ishtirok etishmoqda

11-iyul 2023-yil
image

O‘quvchilarimiz bitiruvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha yozgi maktabda ishtirok etishmoqda

Tadbir "O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizasiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash" loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan  hamkorlikda tashkil etilgan.

Yozgi maktab davomida ishtirokchilar o‘z qobiliyatlarini sinab ko‘rishadi va tajribalari trenerlar yordamida O‘zbekiston va Germaniyada o‘qishga mos oliygohlar bilan tanishib, o‘z rezyumelarini tayyorlash ustida ishlashadi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad ishtirokchilarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasblar olami bilan tanishtirish va kasbiy faoliyatlarini boshlashga yordam berishdan iborat. 

Yozgi maktab 14 iyulga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu