Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston terma jamoasi “Birinchi xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023” da ishtirok etmoqda

21-iyun 2023-yil
image

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida tashkil etilgan “Birinchi xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023” da ishtirok etmoqda

Unda Armaniston, Ozarbayjon, Botsvana, Braziliya, Bolgariya, Kanada, Estoniya, Gana, Vengriya, Italiya, Eron, Qirg‘iziston, Meksika, Mo‘g‘iliston, Polsha, Ruminiya, Ruanda, Saudiya Arabistoni,  Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari va trenerlar qatnashmoqda.

Oromgoh doirasida ishtirokchilarga:

 – kombinatorika, 
– algebra, 
– sonlar nazariyasi hamda
– geometriya kabi yo‘nalishlarda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etilgan.

Ma’ruzachilar orasida O‘zbekiston terma jamoasi treneri,  xalqaro olimpiadalar g‘olibi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi, Britaniyaning Edinburg universiteti doktoranti Hakimboy Egamberganov ham dunyo yoshlariga xalqaro olimpiada metodologiyasi asosida mahorat darslarini olib bormoqda.

Oromgoh jarayonlari 6-iyulgacha davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu