Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashga bag‘ishlangan onlayn seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi

21-iyun 2023-yil
image

Bugun korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashga bag‘ishlangan onlayn seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi. 

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat tuzilmalari xodimlari ishtirok etishdi. 

O‘quv seminari davomida:

– korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari asosida umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish,
– korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur, korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, 
– "E-anticor.uz" elektron platformasiga kiritish tartib-qoidalari haqida so‘z bordi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu