Sayt test rejimida ishlamoqda

Prezident maktablari tajribasi asosidagi baholash tizimi umumta'lim maktablarida ham joriy etiladi

20-iyun 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

Unda 60 dan ortiq umumta’lim maktabidan 100 nafardan ortiq rahbar kadrlar ishtirok etishdi.

Trening doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda interaktiv mashg’ulotlar tashkil etildi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tajriba-sinovdan o’tkazilgan bo’lib, yangi o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko’zda tutilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu