Sayt test rejimida ishlamoqda

Hilola Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

13-iyun 2023-yil
image

Samarqandda bo’lib o’tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Ta’lim vazirlari yig’ilishi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida Kubanichbek Omuraliyev O’zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi. 

Uchrashuv davomida:

– Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish,
– maktab o‘quvchilari o‘rtasida xalqaro tanlov va olimpiadalarni kengaytirish, qardosh maktablar hamkorlik dasturini amalga oshirish,  
– maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu