Sayt test rejimida ishlamoqda

“Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida joylarda qator uchrashuvlar o‘tkazildi

6-iyun 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan sohadagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan shu mavzudagi yig‘ilishda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda hududda olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Unda vazirlik mas’ullari hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan soha vakillari, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, so‘nggi vaqtlarda olib borilgan izchil harakatlar natijasida hududda soha faoliyatining ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy omillarni oldini olish borasida muhim qadamlar qo‘yildi.

Kuni kecha Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan mavzuga doir yig‘ilishda ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari bo‘yicha qizg‘in fikrlar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirishda korrupsiyani oldini olish va bu boradagi istiqboldagi rejalar xususida ishtirokchilarga ma’lumot berib o‘tildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu