Sayt test rejimida ishlamoqda

“Sizlar bilan bir safda va bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida hamnafas ishlaymiz” — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

3-iyun 2023-yil
image

“Sizlar bilan bir safda va bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida hamnafas ishlaymiz” — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Toshkent shahridagi umumta’lim maktab direktorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda maktab rahbarlariga Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir Farmoni mazmun mohiyati, mazkur hujjat bilan sohada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlar xususida fikr almashildi.

Jumladan, Farmon bilan maktab rahbarlarining huquqlari kengaytirilayotgani, kasbiy faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar amaliyotga joriy etilayotgani qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida direktorlarning yanada rivojlanishiga ko‘mak berishi asnosida yangilik qilishlari, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlari uchun imkoniyat ekanligini alohida ta’kidlandi.

Shuningdek eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etilishi va ushbu kengashga kirgan direktorlar bevosita vazirlik bilan birgalikda faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari borasida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda maktab direktorlariga yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar xususida atroflicha tushuntirish berib o‘tildi.

Vazir direktorlarga qilgan murojaatida Toshkent shahri ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha lokomotiv bo‘lishi lozimligini ta’kidlar ekan, “Sizlar bilan birga bir jamoa bo‘lib ta’lim sifatini oshirish yo‘lida ishlaymiz, men sizlarga suyanaman. Butun jamoa bo‘libgina natijalarga erisha olamiz va yutuqlarimizni ko‘rsata olamiz”, — deya so‘zini yakunladi vazir.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu