Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘quvchilar va bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi

26-may 2023-yil
image

Bugun Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur qaror ijrosi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar mas’ul xodimlarining axboroti eshitildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Kamolov o‘tgan vaqt davomida vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, ayni vaqtda yo‘l harakati xavfsizligi ko‘nikmalarini doimiy shakllantirib borish maqsadida “Tarbiya”, “Matematika”, “Tabiiy fanlar”, “Ona tili”, “Texnologiya”, “Tasviriy san’at”, “Musiqa madaniyati”, “Davlat va huquq asoslari” fanlari orqali o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 1-8-sinf o‘quvchilari uchun “Yo‘l harakati qoidalari” bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqildi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga asosan, 2022-yil noyabr oyida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Transport, yo‘l harakati qoidalari, hayot xavfsizligi asoslari” oyligi deb e’lon qilinib, mazkur oylik davomida “Transport bilan tanishuv”, “Svetofor”, “Yer usti transporti”, “Havo, suv va yer usti transporti”, “Ehtiyotkor piyoda haftasi”, “Favqulodda yordam xizmatlari” mavzulari doirasida tarbiyalanuvchilarga ilk bilim va tushunchalar berildi.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yashil chiroq” musobaqalariga o‘quvchilar qamrovi yanada oshirilib, “Yashil rang”, “Yo‘l harakati qoidalari bilimdoni”, “Eng namunaviy yo‘lovchi” kabi viktorina musobaqalari uch bosqichda (maktab, tuman (shahar), viloyat) o‘tkazib kelinmoqda.

Ayni vaqtda umumta’lim maktablarida 9-11-sinf o‘quvchilaridan iborat 7 299 ta “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur targ‘ibotchilar tomonidan hozirga qadar 11 526 ta targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.

Yig‘ilish doirasida o‘quvchilar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini oldini olish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kelgusida oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar xususida ham atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu