Sayt test rejimida ishlamoqda

"Ta'lim-tarbiyada "Qashqadaryo tajribasi" yaratiladi" - Maktab direktorlari voha ahli va ota-onalarga murojaat qildi

31-mart 2023-yil
image

Shahrisabz shahrida o'tkazilgan tadbirda viloyatimiz maktablarining murojaati o'qib eshittirildi.

Unda yutuqlar bilan bir qatorda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarga ham alohida to'xtalib o'tildi.

"253 ta maktab ta’mirtalab va 81 tasi loy-paxsali, deyarli barcha maktablardagi parta va doskalar abgor holatda edi. 

Bugun esa, haqiqatan ham, biz muallimlar dala ishlaridan, ko‘cha tozalashdan, ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod bo‘ldik. Toptalgan qadrimiz, ekilgan qaddimiz muhtaram Yurtboshimizning biz ziyolilarga bo‘lgan muhabbatlari va mehrlari sabab yana qayta tiklandi. Oyliklarimiz oshib, moddiy farovonligimiz  yaxshilandi.

Prezidentimizning: “O‘qituvchilar uchun hamma imkoniyatlarni yaratib berayapman, lekin o‘qituvchi ham harakat qilishi, ta’lim mazmunining sifatini yanada oshirishi kerak. O‘qituvchi – katta kuch. Men muallimga ishonaman, men muallimga suyanaman” degan so‘zlari biz o‘qituvchilarga yanada kuch va g'ayrat bag‘ishladi.

Qarshi tumanidagi 71-sonli maktabda muhtaram Prezidentimiz bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatdan kelib chiqib, Qashqadaryo ziyolilari ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha oldimizga qator vazifalarni belgilab olish maqsadida murojaat qilishni lozim deb topdik. Zero, o'qituvchi va ota-ona mas'uliyati birdek oshsa, yoshlar ta'lim-tarbiyasi ham yuksak darajada bo'ladi."

Murojaat matnini o'qish
https://qashqadaryo.uz/oz/nview/qvovmvam1680259691

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev, viloyat hokimi Murotjon Azimov va Shahrisabz shahar hokimi Akrom Sulaymonovlar ham ishtirok etdi.
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu