Sayt test rejimida ishlamoqda

Markaziy Osiyoda tinchlik va bag‘rikenglikni taʼminlash uchun transchegaraviy ko‘p tomonlama muloqot loyihasi doirasida maktablarda trening tashkil etilmoqda

6-may 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida Qo‘qon shahridagi 14-maktabda Markaziy Osiyoda tinchlik va bag‘rikenglikni taʼminlash uchun transchegaraviy ko‘p tomonlama muloqot loyihasi doirasida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari, Milliy ekspertlar, Farg'ona viloyati maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixolog hamda sinf rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur seminarda pedagog xodimlar uchun ishlab chiqilgan “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab - tinchlik va do‘stlik sari” nomli uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi.

Seminarda o‘quvchilarda turli etnik guruhlarning yosh vakillari bilan ijobiy munosabatlarni o‘rnatish, millatchilik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Dasturga muvofiq, o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish uslubi (metodikasi) bo‘yicha ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda milliy trenerlar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanib, ularga mahalliy trener maqomi berildi. Kelgusida umumtaʼlim muassasalari o‘quvchilari orasida shu mavzudagi tadbirlarni o‘tkazish imkoni yaratildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu