Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Mirobod tumanidagi yoshlar bilan uchrashdi

5-may 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Mirobod tumanidagi yoshlar bilan uchrashdi

Bugun, 4-may kuni vazir Hilola Umarova Mirobod tumani “Inoqobod” MFYda yashovchi 6 nafar yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv doirasida, jumladan:

- yoshlarning  qiziqishlarini inobatga olgan holda kasb-hunarga yo‘naltirish,
- zamonaviy bilimlarni puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish 
- hamda ularni ish bilan ta’minlash to‘g‘risida so‘z bordi.

Vazir boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan mazkur yoshlarning maishiy muammolari o‘rganilib,  tezkorlik bilan hal qilish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida yoshlar bilan ishlash shtabi tashkil etilib, nazorat uchun mas’ul xodimlar belgilangan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu