Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘QUVCHILARIMIZ XALQARO MENDELEYEV OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN QOZOGʻISTONGA JO‘NAB KETDI 

29-aprel 2023-yil
image

O‘QUVCHILARIMIZ XALQARO MENDELEYEV OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN QOZOGʻISTONGA JO‘NAB KETDI 

Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Ostona shahriga yetib borgan. 

Olimpiada 1-6-may kunlari Qozog‘istonning Ostona shaxrida bo‘lib o‘tadi. Ertaga olimpiadaning rasmiy ochilish marosimi tashkillashtiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada O‘zbekistonda 3 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, hozirga qadar jamoamiz tomonidan jami 85 ta medal qo‘lga kiritilgan (8 ta oltin, 24 ta kumush, 53 bronza).

Barcha o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu