Sayt test rejimida ishlamoqda

"YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

26-aprel 2023-yil
image

"YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Endi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O‘zbekiston” universitetiga saralash imtihonlari mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

Abituriyentlar o‘zlariga yaqin bo‘lgan respublikamizning barcha hududlarida joylashgan  13 ta Prezident maktabida shuningdek,  Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda imtihon topshirishlari mumkin.

Hoziroq o‘qishga hujjat topshiring va qaysi hududda imtihon topshirishingizni o‘zingiz tanlang. 

Hozirgi kunga qadar   hujjat topshirgan abituriyentlar ham qayta imtihon topshirish manzilini o‘zgartirishlari mumkin.

Ariza topshirish: https://newuu.uz/en/admission/agreement?type=admission_form

Keyingi imtihon joriy yilning 20-may sanasida  o‘tkaziladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu