Sayt test rejimida ishlamoqda

Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qo‘shimcha ustamalar haqida brifing

26-aprel 2023-yil
image

Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qo‘shimcha ustamalar

Olimpiadalarga tayyorlov va olimpida g‘oliblari bo‘yicha:

Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va direktorlarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan:

oltin medal uchun 200 foiz;

kumush medal uchun 175 foiz;

bronza medal uchun 150 foiz.

O‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga — lavozim maoshiga nisbatan 150 foiz;

O‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblariga — lavozim maoshiga nisbatan 100 foiz;

 

Tegishli xalqaro va milliy sertifikatlar uchun:

Xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga — myehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari;

Fizika, informatika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlash sinovidan maksimal ball olgan pedagoglarning ish haqi to‘lovlariga 50 foiz;

Chet tili fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ish haqiga 50 foiz;

 

Inklyuziv hamda alohida ta’lim sharoitlari uchun:

Inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchi va maxsus pedagoglarga — lavozim maoshining 10 foizidan 40 foizigacha;

Alohida tarbiya sharoitlariga yoki uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlar tahsil oluvchi maktablar pedagog xodimlariga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

Inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarining maxsus pedagoglariga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchi va maxsus pedogoglariga mehnatning alohida sharoitlari uchun — lavozim maoshining 50 foizi;

Davlat unvonlari uchun:

"Xalq" va "Xizmat ko‘rsatgan arbob" faxriy unvonlari uchun —bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;

"Xizmat ko‘rsatgan" faxriy unvoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 baravari;

"Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi" faxriy unvoni uchun — myehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 7,1 foizi;

 

Ilmiy-pedagogik faoliyati uchun:

Ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga, ilmiy darajaga ega xodimlarga:

fan nomzodi yoki falsafa doktorligi uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha;

fan doktorligi uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha;

 

Qo‘shimcha to‘lovlar:

Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun — myehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigacha;

Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — myehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 8,8 foizidan — 17,6 foizigacha;

Informatika kabineti mudirligi uchun — myehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 17,6 foizi;

Toshkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoshining 20 foizi;

 

Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglar uchun:

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan, oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz;

Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga — ish stajidan kelib chiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizigacha;

Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlarga — ish haqi summasining 10 foizidan 60 foizigacha (bunda xodimning lavozim maoshi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,4 baravariga nisbatan)

 

Maktab direktori jamg‘armasi hisobidan:

Faoliyatida o‘rnak ko‘rsatgan:

o‘qituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 10 foizdan — 40 foizgacha;

kutubxona va psixolog xodimlariga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 10 foizdan — 20 foizgacha;

fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarligi uchun — bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz;

 

Ixtisoslashtirilgan maktablar pedagoglari uchun:

Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari, o‘quv jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va psixologlarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foiz;

Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda va maktab-internatlarining pedagog xodimlari, tarbiyachilar yordamchilariga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foiz;

o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlariga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 40 foiz;

Matematika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari hamda tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

 

Ayol o‘qituvchilar uchun:

Qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda sport ustozi bo‘lib ishlayotgan ayol o‘qituvchilarga — bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz;

Shuningdek, joriy yildan boshlab Vazir jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik pul mukofoti o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5.5 baravari miqdorida mukofot puli to‘lanadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, qonunchilik hujjatlariga binoan maktab o‘qituvchilari va pedagoglari uchun alohida hollarga ko‘ra boshqa ustamalar ham belgilanishi mumkin.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu