Sayt test rejimida ishlamoqda

Bayonotlar

.

IJTIMOIY TARMOQDA TARQATILGAN KOGON ShAHRIDAGI 9-MAKTABNING 10-SINF O'QUVChILARI HAVO HARORATINING PAST BO'LIShIGA QARAMAY DARS VAQTIDA KO'YLAKDA MAKTAB HOVLISIDA TURGANLIGI AKS ETTIRILGAN VIDEO BO'YIChA MUNOSABAT

20-yanvar 2020-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan Kogon shahridagi 9-maktabning 10-sinf o'quvchilari havo haroratining past bo'lishiga qaramay dars vaqtida ko'ylakda maktab hovlisida turganligi aks ettirilgan video bo'yicha munosabat

Mazkur holat mutaxassislar tomonidan o'rganildi. O'rganish natijasiga ko'ra, joriy yilning 17 yanvarь kuni 10-sinf o'quvchilari jismoniy tarbiya darsiga formasiz kelganligi haqida o'qituvchi N.Choriyev maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari G.Muqimovaga bildirgi orqali murojaat qilgan.

Direktor o'rinbosari o'quvchilardan holat yuzasidan yozma tushuntirish so'ragan. O'quvchilar qog'oz olish maqsadida maktab hovlisida joylashgan do'konga chiqqan. 

10-sinf o'quvchisi Firdavs Ravshanov  mazkur holatni telefonda videoga olib,tasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Firdavs Ravshanov bilan suhbatlashilganda, ushbu holatni ota-onalar majlisida muhokama qilinishidan qo'rqib amalga oshirganligini va qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi.

Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga yetarli e'tibor qaratmaganligi uchun direktor o'rinbosari G.Muqimova, sinf rahbari X.Ergasheva, o'qituvchi N.Choriyevga belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

 

Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu