Sayt test rejimida ishlamoqda

Bayonotlar

.

“SHAXSIY ADOVAT TUFAYLI TOIFAM TUSHDI” TANQIDIY MAQOLASIGA MUNOSABAT

21-yanvar 2020-yil
image

“Ma’rifat” gazetasining 2020 yil 16 yanvar sonida e'lon qilingan “Shaxsiy adovat tufayli toifam tushdi” sarlavhali maqola Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan o'rganildi. Maqoladagi faktlar qisman o'z tasdig'ini topdi. 

Shahrisazb tumanidagi 65-maktabning matematika fani o'qituvchisi Mavluda Avazova 2014 yil 4 fevralda 11/1K sonli buyruq bilan 1-malaka toifasini himoya qilib, RA-I 0149578 raqamli sertifikatga ega bo'lgan. Sertifikat 5 yil ya'ni 2019 yil 3 fevralgacha amal qiladi. M.Avazovaning e'tiroziga Shahrisabz tumanidagi 65-maktab ma'muriyatining etiborsizligi sabab bo'lgan. 

Bu masala tez fursatda bartaraf etiladi. Ushbu kamchilikka yo'l qo'ygan maktab rahbarlariga amaldagi qonunchilikka asosan tegishli chora ko'riladi.

Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu