Sayt test rejimida ishlamoqda

Bayonotlar

.

MUNOSABAT

4-dekabr 2019-yil
image

Kuni-kecha "qalampir.uz" saytida "Tashqarida XXI asr, Uchtepadagi maktab esa uydan olib kelingan eski elektr pechka bilan isitilyapti" deb nomlangan tanqidiy xabar tarqaldi.
Unda Uchtepa tumanidagi 297-maktabda isitish tizimi kuz-qish mavsumi boshlanganidan buyon umuman ishlamayotganligi ta’kidlangan.
Uchtepa tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganildi. 297-sonli umumta’lim maktabi 1990yilda qurilgan, 1100 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 1141 nafar o‘quvchilarga 74 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda.
201-yilda mahalliy byudjet hisobidan issiqlik tizimi, xojatxona va kanalizatsiya tizimini ta’mirlash uchun 240 mln so‘m ajratilgan, shundan xojatxonalar va kanalizatsiya tizimini ta’mirlash uchun 40 mln so‘m mablag‘ sarflangan. Issiqlik tizimini ta’mirlash uchun 200 mln so‘m mablag‘ ajratildi va 167 mln so‘m ishlatilgan.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktabning holati to‘liq o‘rganib chiqilib, o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim tarbiya olishlari va xalqaro talablar asosida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallashlari uchun 2019-ilda kapital ta’mirlash bo‘yicha takliflar berildi. Mazkur taklif asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustidagi “Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 679-sonli Qaroriga muvofiq maktabda kapital ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.
Maktab o‘quvchilari hududda joylashgan Toshkent iqtisodiyot va servis kollejida 2019-yilning 4-dekabrdan boshlab o‘qishlarini davom ettirilishi belgilandi.
Maktabda kapital ta’mirlash ishlari olib borish uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tender savdolari o‘tkazilib, “Elektr montaj porloq” MChJ tender g‘olibi deb topilgan. 2019-yil 2-dekabr kunidan boshlab maktabda qurilish ta’mirlash ishlari boshlandi.
Uchtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limi bu boradagi tashkiliy masalalarni o‘z nazoratiga oladi va bajarilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Uchtepa tuman hokimligi
Matbuot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu