Sayt test rejimida ishlamoqda

Bayonotlar

.

XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI AXBOROTI

3-dekabr 2019-yil
image

Joriy yilning 2-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan XORAZM – “Konstitutsiyaning bepul ta’lim haqidagi moddasi bekor qilinmadimi mabodo?!” nomli murojaat yuzasidan Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan

RADDIYA

14-maktab Xiva tumanidagi Juryon qishlog‘idagi Arvik mahallasida joylashgan bo‘lib, 1984 yilda 624 o‘rinli zamonaviy loyihada qurilgan.
Maktab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 1-martdagi 193-qaroriga asosan tabiiy gaz quvuridan uzilgan va ko‘mir bilan isitish tizimiga o‘tkazilgan.
Bugungi kunda maktab 20 ta golland pechlari yordamida isitiladi. Buning uchun maktabga 42.5 tonna briket ko‘mir va 14.9 tonna ko‘mir zaxira qilib davlat tomonidan berilgan.
Maktabga gaz quvuri tortib kelish hamda ulashni bugungi kunda hech qanday imkoni va zarurati yo‘qligini, bu masalada o‘quvchilardan pul yig‘ilmaganligini ma’lum qilamiz.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining Ishchi guruhi tomonidan maktabning issiqlik darajasi o‘rganilganda talab darajasida ekanligi aniqlandi, o‘quvchilar va maktab pedagogika jamoasidan e’tirozlar bo‘lmadi.

Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu