Sayt test rejimida ishlamoqda

Ma'ruzalar

.

XALQ TAʼLIMI VAZIRINING AXBOROT SIYOSATI MASALALARI BOʻYICHA MASLAHATCHISI L.RUSTAMOVANING BRIFING MAʼRUZASI

5-iyul 2021-yil
image

2021-2022 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarida ota-onalar tomonidan eng koʻp kelayotgan savollar.

 1. 2021-2022 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 6 yoshli bolalar qabul qilinadimi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq, Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I sinfiga bolalar yetti yoshga toʻladigan yilda tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi. 

Yaʼni bu yil 2014-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar toʻliq maktabga qabul qilinadi.

Shuningdek, mazkur qonun talablari boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, yaʼni nodavlat xususiy barcha taʼlim muassasalari uchun ham majburiydir.

Eslatib oʻtamiz, olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlash Maktabgacha taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

2. Xorijiy fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qanday tartibda qabul qilinadi?

Javob: Chet el fuqarosi farzandini umumtaʼlim maktabiga oʻqishga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, oʻzining hamda farzandining shaxsiy (yashash guvohnomasi, pasporti, farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va boshqa) hujjatlar nusxasini tizimga yuklaydi.

Tizimga yuklangan hujjatlar hududiy boshqarmalar huzurida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan 3 kun muddat oʻrganib chiqiladi va ularning yashash (vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtgan) manzili boʻyicha boʻsh oʻrinlar mavjud maktabga joylashtiriladi yoki shaxsiy hujjatlar toʻliq boʻlmaganda rad etiladi.

Maxsus komissiyaning ijobiy xulosasi olinganda Xorijiy fuqarolar belgilangan muddatlarda tegishli umumtaʼlim maktablariga murojaat etadilar.

3. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan harbiy xizmatchilarning farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qanday tartibda qabul qilinadi.

Javob: Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan harbiy xizmatchilar farzandini umumtaʼlim maktabiga oʻqishga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, yashash joyi boʻyicha davlat soliq idoralari roʻyxatidan oʻtgan ijara sharnomasi (bunga harbiy xizmatchi ekanini tasdiqlovchi hujjat nusʼhasi ham) yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili koʻrsatilgan maʼlumotni tizimga yuklaydi.

Tizimga yuklangan hujjatlar moderator tomonidan 3 kun muddatda oʻrganib chiqiladi va harbiy xizmatchilarning farzandlarini yashash manzili boʻyicha biriktirilgan maktabga qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida sms xabarnoma yuboriladi.

Moderatorning ijobiy xulosasiga muvofiq, harbiy xizmatchilar belgilangan muddatlarda tegishli umumtaʼlim maktablariga murojaat etadilar.

4. Bolalarni umumtaʼlim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Javob: ota-onalar yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar:

-   umumtaʼlim muassasasi direktori nomiga ariza (ariza elektron boʻmidimi);

-      bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnoma;

5. Poytaxtimizning viloyat bilan chegaradosh tumanlarida  yashaydigan fuqarolar farzandini Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktabiga bersa boʻladimi?

Javob: umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga joriy yilning iyul oyida biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul jarayonlari tashkil etiladi.

1-15-avgust kunlari boʻsh oʻrinlar boʻyicha mikrohududdan tashqari qabul jarayonlari tashkil etilishi rejalashtirilgan, shu vaqt oraligʻida elektron shaklda ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

6. Joylarda yangi barpo etilayotgan uylar(hali kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan)ga koʻchib oʻtishi rejalashtirilgan, maʼmuriy chegarasi oʻzgargan hududlarda istiqomat qiluvchi oila farzandlarining qabuli qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob: tegishli hudud boʻyicha tuman(shahar) Xalq taʼlimi boʻlinmalariga murojaat qilish orqali qabul jarayonlari tashkil etiladi.

7. 2021-2022 oʻquv yilida 1-sinfga qabul jarayonlari barcha umumtaʼlim maktablarida elektron shaklda amalga oshiriladimi?

Javob: Xabaringiz bor, bu yil ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida joriy yilning 15-iyundan boshlab ELEKTRON SHAKLDA amalga oshirilmoqda.

Qolgan hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi
va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)lari umumtaʼlim maktablarida 
1-sinfga  qabul ANʼANAVIY SHAKLDA, yaʼni bevosita maktabda amalga oshiriladi.

8. Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalariga kirish uchun qaysi fanlardan test oʻtkaziladi ?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 1-fevralda 2321-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan  oʻquvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi boʻyicha bittasidan test sinovlari oʻtkaziladi:

filologiya — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

ijtimoiy fanlar — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

aniq fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

tabiiy fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

xorijiy tillar — muassasada taʼlim olib boriladigan xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz)dan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

texnologiya — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qaorida alohida fan yoʻnalilari koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu