Sayt test rejimida ishlamoqda

Hisobotlar

.

2021-YILNING OʻTGAN DAVRI MOBAYNIDA XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN TOMONIDAN OʻTKAZILGAN TEKSHIRUVLAR, ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR VA KOʻRILGAN CHORALAR TOʻGʻRISIDA UMUMIY AXBOROT

13-iyul 2021-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan hisobot davri davomida tizim muassasalarida byudjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida jami

97,3 mlrd. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan, jami 29 055 ta holatda 39,4 mlrd. soʻmlik (40,4 foiz) oʻgʻrilik, kamomad, oʻzlashtirish, ortiqcha toʻlov, samarasiz, asossiz va maqsadsiz xarajatlar hamda Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil

22-dekabrdagi 318-sonli buyrugʻiga asosan oʻtkazilgan profilaktika ishlari natijasida 57,9 mlrd. soʻmlik (59,6 foiz) ortiqcha, samarasiz xarajatlar oldi olingan va bartaraf etish boʻyicha taklif kiritilgan.

Yuqoridagi holatlarni qonuniy choralarini koʻrish maqsadida tarkibida jinoyat alomatlari boʻlgan 55 ta 22,4 mlrd. soʻmlik oʻrganish materiallari huquq-tartibot organlariga topshirilib, 51 nafar masʼul shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari koʻrilgan.

Aniqlangan xato va kamchiliklarning undirilishi lozim boʻlgan qismi 15,0 mlrd. soʻmni tashkil qilib, shundan 2,9 mlrd. soʻm mablagʻ belgilangan tartibda undirilgan.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda kelgusida oldini olish maqsadida, oʻrganish materiallarida aks ettirilgan holatlar boʻyicha chora-tadbirlar rejasi belgilanib, masʼul xodimlar ishtirokida oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda.

Izoh: 2021-yil birinchi yarim yillik boʻyicha hisobot shakllantirilayotgani tufayli qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu