Sayt test rejimida ishlamoqda

Hisobotlar

.

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha MA’LUMOT

14-oktabr 2022-yil
image

Xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi tomonidan Informatika va axborot texnologiyalari faniga spiralsimon tizim asosida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bilan birga loyihalarni bajarish vazifalari ham kiritilmoqda. Hammamizga ma’lum O‘zbekistonda Informatika va Axborot texnologiyalari fani 1970-yillarda Kibernetika nomi bilan mashhur bo‘lgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan  Informatika va Axborot texnologiyalari fani rivojlana boshlagan. Olimlarning ta’kidlashicha shaffof aqlli oynalar (smart glasses), gologrammalar, shaffof panellar, sun’iy intellekt, aqlli uy robotlari, dronlar, hyperloop kabi innovatsion texnologiyalar bizning hayotimizda oddiy hol bo‘lib qolgan, ular albatta ixtirolarning so‘ngisi emasligi aniq. Shu sabab, axborot tushunchalari va ularning maktab o‘quvchilariga kerak bo‘lgan qismlaridan foydalanish, raqamli dunyodagi qurilmalar haqida tushunchalari berib borish maqsadga muvofiq.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda raqamlashtirilgan muhitda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylandi.

Shu jumladan Xalq ta’lim vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi tomonidan aynan Informatika va axborot texnologiyalari fanini rivojlantirish va xalqaro tan olingan darsliklar qatoriga olib chiqish, bosqichma-bosqich ularni umumta’lim maktablariga tatbiq etish ishlari qizg‘in davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” (Uzbekistan Education for Excellence Program) amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur 2019-yil 28-sentyabrda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida umumta’lim maktablari uchun Cambridge University Press nashriyotining Informatika va axborot texnologiyalari                               (5-11-sinflar) fanlari bo‘yicha darsliklari litsenziya asosida olinib, o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda va mahalliylashtirilmoqda.

Informatika va axborot texnologiyalari darsliklari Cambridge Universiteti nashriyotining ICT Starters seriyasi (5-8-sinflar), IGCSE ICT (9-sinf) hamda Cambridge International AS & A Level IT Coursebook (10-11-sinflar) asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda sinflar kesimida uzviylik ta’minlangan. O‘quvchilar Informatika faniga doir bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich, soddadan murakkabga qarab spiralsimon yo‘nalishda o‘zlashtirib boradi.

Mazkur o‘quv-metodik majmualar Xalq ta’limi vazirining 2021-yil                        4-oktyabrdagi “Informatika va axborot texnologiyalari hamda Ingliz tili fanidan o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish to‘g‘risida”gi 318-sonli buyrug‘i asosida 2021-2022-o‘quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 208 ta umumta’lim maktablarida tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Kelgusida tajriba sinov ishlari muvoffaqiyatli o‘tgan taqdirda amaliyotga joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.

Qolaversa Xalq ta’lim vazirligi va Respublika ta’lim markazi tomonidan Milliy o‘quv dasturi (DTS) takomillashtirildi va bosqichma bosqich amaliyotga joriy etilmoqda. Bunda 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab 5-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari uchun darsliklar, o‘qituvchilar uchun esa o‘qituvchi kitoblari (metodichkalar) joriy etildi.

2020-2021-o‘quv yilidan boshlab 6-sinf darsligi amaliyotga joriy etildi. Darsliklarning o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonida turli tashkilot mutahassistlaridan iborat ishchi guruh tuzildi va takomillashtirildi. Dasturning yaratilishida “Bir million dasturchi” loyihasidagi mavzular ham qamrab olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qarori bilan tasdiqlangan “2021-2022-yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” asosida “Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun (5-sinf va undan yuqori) Axborot jamiyati va unda sun’iy intellektning o‘rni” mavzusida bir yilda kamida ikki marotaba ochiq darslar tashkil etish” tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bunda, 2022-yilning 28-fevral kuni Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan matematika, fizika va ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Axborot jamiyati va unda sun’iy intellektning o‘rni” mavzusida  Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminarda 112 nafar tuman, shahar fan metodistlari va ilg‘or, tashabbuskor amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Joriy yil Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 31-sonli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani 6-sonli umumta’lim maktablarida seminarlar tashkil etildi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarini yoshligidan IT sohasiga qiziqishini aniqlash va ularga ko‘proq imkoniyat berish maqsadida o‘tgan o‘quv yili davomida respublikamizda veb-frilanser yo‘nalishida jami 106 ta  umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 4 790 nafar o‘quvchilar maxsus variativ o‘quv rejalar asosida Tanlov sinflarida ta’lim olishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu