Sayt test rejimida ishlamoqda

Tenderlar

.

TANLOV O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDA E’LON

25-noyabr 2019-yil
image

Tanlov nomi: Festival g‘oliblariga musiqa asboblari xarid qilish.

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 apreldagi O‘RQ-472-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Festival g‘oliblariga musiqa asboblarini tanlov asosida xarid qiladi.

Mazkur tanlovda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan ma’qul tarzda hamda ko‘rsatilgan miqdorlarda maxsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, tanlovda konsorsium shaklidagi turli birlashmalar ham qatnashishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchisi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar ob’ekti xisoblangan yuridik shaxs bo‘lishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi kerak.

Tanlov takliflari bir nusxada muxrlangan ichma ich solingan (tashqi va ichki) konvertlarda, Tanlov xujjatlarida ko‘rsatilgan 1 – shakldagi talabnoma bilan qabul qilinadi.

Tanlov savdolarini o‘tkazish jarayonlari va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish istagida bo‘lgan tanlov ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi e’lon nashr qilingan sanadan boshlab (xaftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shaxar, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi, 14-uy. Tel.: +998 94 626-63-44. e-mail: s_kenjayev@umail.uz

Mas’ul kotib: S.Kenjayev

Bundan tashqari, mazkur tanlov haqidagi ma’lumot Xalq ta’limi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytida hamda maxsus informatsion portalda berilgan.

Tanlov takliflari 2019 yil 6 dekabr kuni soat 15-00 dan kechiktirilmagan holda yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha davlat burtmachisiga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tanlov takliflari (konvertlar)ning ochilishi Xarid komissiyasi tomonidan aniqlangan joyda va sanada amalga oshiriladi. Bu hakida talabgorga Xarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan qo‘shimcha xabar qilinadi.

 

Xarid qilinadigan tovarlar haqida ma’lumot

 

Tovar, ish va hizmatning nomi 

O‘lchov birligi

Umumiy soni 

Yuqori narh

1.

Raqamli fortepiano 

Dona

42

504 000 000

2.

Doira 

Dona

42

42 000 000

3.

Dutor 

Dona

42

42 000 000

 

Umumiy yuqori summa 

 

 

588 000 000

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu