Sayt test rejimida ishlamoqda

Tenderlar

.

TANLOV OʻTKAZILISHI TOʻGʻRISIDA EʼLON

20-fevral 2020-yil
image

Tanlov nomi: Tadbir ishtirokchilari uchun guldastalar tayyorlash xizmatlarini xarid qilish.

Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-apreldagi OʻRQ-472-sonli “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan tadbir ishtirokchilari uchun guldastalar tayyorlash xizmatlarini tanlov asosida xarid qiladi.

Mazkur tanlovda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda koʻrsatilgan miqdorlarda mahsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar obyekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi kerak.

Tanlov takliflari bir nusxada muhrlangan ichma ich solingan (tashqi va ichki) konvertlarda, Tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan 1 – shakldagi talabnoma bilan qabul qilinadi.

Tanlov savdolarini oʻtkazish jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tanlov ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Mirobod koʻchasi, 14-uy. Tel.: +998 94 626-63-44. e-mail: s_kenjayev@umail.uz

Masʼul kotib: S.Kenjayev

Bundan tashqari, mazkur tanlov haqidagi maʼlumot Xalq taʼlimi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytida hamda maxsus informatsion portalda berilgan. 

Tanlov takliflari 2019-yil 2-mart kuni soat 15-00 dan kechiktirilmagan holda yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha davlat buyurtmachisiga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tanlov takliflari (konvertlar)ning ochilishi Xarid komissiyasi tomonidan aniqlangan joyda va sanada amalga oshiriladi. Bu haqida talabgorga Xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan qoʻshimcha xabar qilinadi.

Xarid qilinadigan xizmatlar haqida maʼlumot

  Tovar, ish va xizmatning nomi Oʻlchov birligi Umumiy soni Yuqori narx 
1. Guldastalar tayyorlash dona 56 8 400 000
  Umumiy yuqori summa     400 000
info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu