Sayt test rejimida ishlamoqda

Tenderlar

.

TENDER SAVDOLARI OʻTKAZILISHI TOʻGʻRISIDA EʼLON

13-may 2020-yil
image

Tender nomi: 2020-2021 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun sinf jurnallari va boshqa maktab hujjatlarini chop etish xizmatlarini xarid qilish boʻyicha tender savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 2020-2021 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun sinf jurnallari va boshqa maktab hujjatlarini chop etish xizmatlarini xarid qilish boʻyicha tender savdolarini tashkil qilish va oʻtkazish, chop etilgan maktab hujjatlarini “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKga yetkazib berish.

Mazkur tender savdolarida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda koʻrsatilgan miqdorlarda mahsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, tender savdolarida konsorsium shaklidagi turli birlashmalar ham qatnashishlari mumkin.

Tender savdolari ishtirokchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar obyekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi kerak.

Tender takliflari bir nusxada muxrlangan ichma ich solingan (tashqi va ichki) konvertlarda, Tender hujjatlarida koʻrsatilgan 1–shaklga muvofiq Tenderda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.

Shuningdek, tender ishtirokchisi tender takliflarini qabul qilish muddatining oxirgi kuniga qadar davlat buyurtmachisi tomonidan koʻrsatilgan manzilga 1 (bir) birlik mahsulotlardan namuna taqdim etishi shart.

Tender savdolari gʻoliblari mahalliy korxona va tashkilotlar sinf jurnallari va boshqa maktab hujjatlarini 60 (oltmish) kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahri, 100175, Olmazor tumani, Sagʻbon 13-oʻtar koʻchasi, 28-uy manzilida joylashgan “Taʼlim taʼminot jihoz” Respublika filiali «Oquv talim taminot”DUK omboriga topshirishlari talab etiladi.

Tender savdolari gʻoliblari – xorijiy korxona va tashkilotlar sinf jurnallari va boshqa maktab hujjatlarini 60 (oltmish) kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahri, 100175, Olmazor tumani, Sagʻbon 13-oʻtar koʻchasi, 28-uy manzilida joylashgan “Taʼlim taʼminot jihoz” Respublika filiali «Oquv talim taminot”DUK omboriga mahsulotlarni yetkazib berishning DDP sharti asosida (INKOTERMS 2010 tahririda) topshirishlari talab etiladi.

Tender savdolarini oʻtkazish jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tender savdolari ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a-uy. Tel.: +998 94 626-63-44, +998 90 317-15-47 
e-mail :s_kenjayev@umail.uz, Masʼul kotib: C.Kenjayev

Bundan tashqari, mazkur tender savdolari haqidagi maʼlumot Xalq taʼlimi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytida hamda maxsus informatsion portalda berilgan.

Tender takliflari zakalat koʻrinishida:

mahalliy korxonalar boʻlgan tender savdolari ishtirokchilari tomonidan Davlat buyurtmachisining maxsus hisob raqamiga tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan 1 foiz miqdoridagi pul mablagʻlarini naqdsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan yoki Davlat buyurtmachisiga xizmat koʻrsatadigan bank bilan hisob kitoblari bor bankning kafolati;

Xorijiy korxonalar boʻlgan tender ishtirokchisi bank kafolati koʻrinishida, buyurtmachiga tender taklifi bermoqchi boʻlgan lotning cheklangan qiymatidan 1 foiz miqdoridagi mablagʻga buyurtmachi foydasiga SWIFT xabari bilan tasdiqlangan hujjat bilan biriktirilishi shart.

Zakalat summasi yoki bankning kafolati bilan biriktirilmagan tender takliflari Xarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Bank rekvizitlari:

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a-uy,

tel.: (94) 626-63-44 (90) 317-15-47

STIR: 201122808

Toshkent sh. AT “Ipoteka bank” Mehnat filiali,

Bank manzili: Toshkent sh., Shaxrisabz koʻchasi, 30 uy

Bank kodi: 00423, SWIFT: UZHOUZ22

Soʻmda hisob raqami: L/s: 401410860262667950100075002

AQSH dollarida valyuta hisobvaragʻi: R/s: 22614840100101044003

STIR: 201122808

Tender takliflari 2020-yil 12-iyun kuni soat 15:00 dan kechiktirilmagan holda yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha davlat buyurtmachisiga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tender takliflari (konvertlar)ning ochilishi Xarid komissiyasi tomonidan belgilangan joyda va sanada amalga oshiriladi. Bu haqida talabgorga Xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan qoʻshimcha xabar qilinadi.

Xarid qilinadigan tovarlar haqida maʼlumot

№ lota

Xarid qilinadigan mahsulot nomi

Oʻlcham birligi

Xarid miqdori

Eng yuqori (maksimal) narx (soʻm)

Umumiy xarid miqdori (soʻm)

Eng yuqori (maksimal narxga nisbatan (%) boʻnak miqdori

Xarid qatnashchisi oʻtkazishi kerak boʻlgan boʻnak miqdori

1

2

3

4

5

6

7

8

Umumtaʼlim maktablari uchun sinf jurnallari, baholar tabellari, toʻgarak mashgʻulotlari jurnali va shahodatnomalarni hisobga olish va oʻquvchilarga topshirishni qayd qilish daftarlari koʻrsatkichlari va tenderda qatnashish uchun boʻnak miqdori (1-4 lotlar)

1

1-4 sinf jurnali

dona

94 210

16 455

1 550 225 550

1%

23 499 457

10-11 sinf jurnali

dona

36 913

21 665

799 720 145

2

5-9 sinf jurnali

dona

106 282

22 580

2 399 847 560

1%

23 998 476

3

Baholar tabeli
(1-11-sinflar uchun)

dona

681 615

930

633 901 950

1%

8 998 959

Baholar tabeli
(10-11-sinflar uchun)

dona

528 815

503

265 993 945

4

Toʻgarak mashgʻulotlari jurnali

dona

14 729

8 500

125 196 500

1%

12 997 843

Shahodatnoma (attestat) va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftari

dona

10 002

19 500

195 039 000

Pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalarini qayd etish daftari

dona

13 713

19 500

267 403 500

Qoldirilgan va oʻrni toʻldirilgan darslarni hisobga olish daftari

dona

9 808

19 500

191 256 000

Buyruqlar daftari

dona

16 685

19 050

317 849 250

Oʻquvchilar harakati daftari

dona

10 152

20 000

203 040 000

 

Jami:

     

6 949 473 400

 

69 494 735

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu