Sayt test rejimida ishlamoqda

Tenderlar

.

Tanlov o'tkazilishi to’g’risida e’lon

23-oktabr 2020-yil
image

Tanlov nomi: Yangi yil “Prezident archasi” tadbiri doirasida “Prezident sovg'asi” tarkibiga kiruvchi ayrim sovg'alarni xarid qilish bo'yicha tanlov o'tkazish.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Yangi yil “Prezident archasi” tadbiri doirasida “Prezident sovg'asi” tarkibiga kiruvchi ayrim sovg'alarni xarid qilish bo'yicha tanlov o'tkazmoqda.

Mazkur tanlovda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan ma'qul tarzda hamda ko'rsatilgan miqdorlarda mahsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, tanlov konsortsium shaklidagi turli birlashmalar ham qatnashishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchisi:

O'zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar ob'ekti hisoblangan yuridik shaxs bo'lishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega bo'lishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo'lishi kerak.

Tanlov takliflari (hujjatlar to'plami) yelimlab muhrlangan va imzolangan ikkita tashqi (1 asl nusxa va 1 nusxa) konvertlarda, Tanlov hujjatlarida ko'rsatilgan 1–shaklga muvofiq Tanlovda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.

Shuningdek, tanlov ishtirokchisi tanlov takliflarini qabul qilish muddatining oxirgi kuniga qadar davlat buyurtmachisi tomonidan ko'rsatilgan manzilga 1 (bir) birlik mahsulotlardan namuna taqdim etishi shart.

Tanlov g'oliblari–mahalliy korxona va tashkilotlar shartnoma umumiy summasining 15% miqdoridagi oldindan to'lab berilgan kundan boshlab, mahsulotlarni 25 (yigirma besh) kun muddat ichida O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, 100175, Olmazor tumani, Sag'bon 13-o'tar ko'chasi, 28-uy manzilida joylashgan “Ta'lim ta'minot jihoz” Respublika filiali “Oquv talim taminot” DUK omboriga topshirishlari talab etiladi.

Tanlov g'oliblari – xorijiy korxona va tashkilotlar maxsulotlarni shartnoma tuzilganidan kundan boshlab 25 (yigirma besh) kun muddat ichida O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, 100175, Olmazor tumani, Sag'bon 13-o'tar ko'chasi, 28-uy manzilida joylashgan “Ta'lim ta'minot jihoz” Respublika filiali “Oquv talim taminot” DUK omboriga mahsulotlarni yetkazib berishning DDP sharti asosida (INKOTERMS 2010 tahririda) topshirishlari talab etiladi.

Tanlov o'tkazish jarayonlari va tartibi haqida qo'shimcha ma'lumot olish istagida bo'lgan tanlov ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi e'lon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil bo'yicha murojaat qilishlari mumkin:

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko'chasi, 2a-uy. Tel.: +998 90 941-00-44, +998 90 317-15-47 

e-mail :s_kenjayev@umail.uz, Mas'ul kotib: X.Vasitov

Bundan tashqari, mazkur tanlov haqidagi ma'lumot Xalq ta'limi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytida hamda maxsus informatsion portalda berilgan.

Tanlov takliflari zakalat ko'rinishida:

mahalliy korxonalar bo'lgan tanlov ishtirokchilari tomonidan Davlat buyurtmachisining maxsus hisob raqamiga tanlov taklifi bermoqchi bo'lgan lotning cheklangan qiymatidan 1 foiz miqdoridagi pul mablag'larini naqdsiz shaklda o'tkazish yo'li bilan yoki Davlat buyurtmachisiga xizmat ko'rsatadigan bank bilan hisob kitoblari bor bankning kafolati;

Xorijiy korxonalar bo'lgan tanlov ishtirokchisi bank kafolati ko'rinishida, buyurtmachiga tanlov taklifi bermoqchi bo'lgan lotning cheklangan qiymatidan 1 foiz miqdoridagi mablag'ga buyurtmachi foydasiga SWIFT xabari bilan tasdiqlangan hujjat bilan biriktirilishi shart.

Zakalat summasi yoki bankning kafolati bilan biriktirilmagan tanlov takliflari Xarid komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilmaydi.

Bank rekvizitlari:

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 2a-uy,

tel.: (90) 941-00-44 (90) 317-15-47

STIR: 201122808

Toshkent sh. OAT «Aloqabank» Mirobod filiali,

Bank manzili: Toshkent sh., 100060 Navoiy ko'chasi, 27 uy

Bank kodi: 01091

So'mda hisob raqami: L/s: 401410860262667950100075002

AQSh dollarida valyuta hisobvarag'i: R/s: 22614840100101044003

STIR: 201122919

Tanlov takliflari 2020 yil 2 noyabrь kuni soat 17:00 dan kechiktirilmagan holda yuqorida ko'rsatilgan manzil bo'yicha davlat buyurtmachisiga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tanlov takliflari (konvertlar)ning ochilishi Xarid komissiyasi tomonidan belgilangan joyda va sanada amalga oshiriladi. Bu haqida talabgorga Xarid komissiyasining mas'ul kotibi tomonidan qo'shimcha xabar qilinadi.

Tanlov hujjatlari  (.pdf, 5,9 MB)

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu