Sayt test rejimida ishlamoqda

Gender tenglik

.

«OILADAGI ZO‘RAVONLIKLARNI OLDINI OLISH, OILADAGI ZO‘RAVONLIKLARDAN JABR KO‘RGANLARGA HIMOYA ORDERINING AHAMIYATI» ONLAYN OCHIQ MULOQOTI O‘TKAZILDI

21-iyun 2021-yil
image

Bugungi kunda jamiyat va oilada sog‘lom barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhit, tinchlik, totuvlikni taʼminlash hamda notinch va muammoli oilalarga, ayniqsa shunday oilalardagi xotin-qizlarga, bolalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish davlatimiz va hukumat miqyosida kun tartibidagi dolzarb masalalardan biriga aylangan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla, el-yurt tinch bo‘ladi, qachonki oila tinch bo‘lsa, unda tarbiyalanayotgan bolalar psixologik sog‘lom va intellektual barkamol bo‘ladi, xotin-qizlar huquq va manfaatlari himoyalangan bo‘lsa psixologik sog‘lom va intellektual barkamol bolalar dunyoga kelishiga va tarbiyalanishiga zamin yaraladi.

Ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va zo‘ravonlikka barham berish maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligiga qaramasdan, jamiyatda hanuz zo‘ravonlik illatining uchrayotganligi sir emas. Oilada, ishda, ko‘chada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holati mavjudligi, har qanday jamiyat uchun inson huquqini poymol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan juda jiddiy muammo sanaladi. O‘zbekistonda xotin-qizlarni o‘zida jamlagan eng katta tizim Xalq taʼlimi tizimidir.

a65a742c86220e4b1a2b020e9f75142e.jpg

Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlar, qolaversa ularning onalari, tizimdagi pedagog ayollarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda «Oiladagi zo‘ravonliklarni oldini olish, oiladagi zo‘ravonliklardan jabr ko‘rganlarga himoya orderining ahamiyati» onlayn ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Unda Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari U.Sharifxodjaev va Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik U.H.Abdullaeva hamda psixolog ekspertlar, jamoatchilik vakillari hamda bloger Aqidaxonum ishtirok etishdi.

Bugungi tashkil qilingan tadbirning ahamiyati va undan ko‘zlangan maqsad borasida Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari U.Sharifxodjaev kirish so‘zida alohida to‘xtaldi.

Zo‘ravonlik tushunchasi, uning ko‘rinishlari, zo‘ravonlik oqibatida jabr ko‘rgan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik U.H.Abdullayeva taqdimotli maʼruza orqali tushunchalar va maʼlumotlarni berib o‘tdi. Mavzu doirasidagi masalalarning qonunchilikdagi belgilangan normalarda aks etishi, himoya orderi hujjatining ahamiyati, qanday holatlarda qo‘llanilishi, hujjat qanday imkoniyatlarni berishi va muddati haqida batafsil tushuntirildi.

Ochiq muloqotda kuzatuvchilar tomonidan savolar berilib, ularga kerakli tushuncha va tavsiyalar etkazildi.

photo2021-06-2115-38-06.jpg

Shuningdek, ekspert psixologlar tomonidan ruhiy zo‘ravonlikka oid bahs-munozara, uning mezonlari borasidagi fikrlar kengroq tushuntirilishi lozimligi taʼkidlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu