Gender tenglik

.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida gender tenglik

6-mart 2025-yil
image

Hozirda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida:

- ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan 8 mln. nafardan ortiq o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarning 4 mln. nafari (47 foiz) qizlar;

- 667 ming nafar pedagoglarning 487 ming nafarini (73 foiz) ayollar tashkil etadi.

Ta’lim muassasalari va tizim tashkilotlarida – 2 856 nafar magistr,
274 nafar fan nomzodi va falsafa doktorlari soni, 74 nafar fan doktorlari ilmiy darajaga ega bo‘lgan xotin-qizlar o‘quv-mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Tizimdagi ayol pedagog xodimlar mehnatini munosib taqdirlash, ularni jamiyatimiz oldidagi xizmatlarini rag‘batlantirish borasida so‘nggi uch yilda
2 152 nafar ayol pedagog xodimlar davlat mukofoti va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Hozirda 15 277 nafar milliy va xalqaro sertifikatlarga ega ayol o‘qituvchilarga 20 va 50 foizli ustamalar to‘lanib kelinmoqda.

Mamlakatda xotin-qizlarning mavqeyini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan samarali ishlar asnosida vazirlik tizimida ham muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,

1. Manfaatdor vazirlik va idora hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi-qizlarning liderlik va boshqa yumshoq (soft) bilim-ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, kasb-mahoratini oshirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida Respublika, hududlar va tuman (shahar)larda “Raqamli avlod qizlari”, “Bilimdon qizlar”, “Lider qizlar”, “Qizlar minbari” va shu kabi  o‘quvchi-qizlar klublarini tashkil etib borish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, 5 ta muhim tashabbus doirasida qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunarga o‘rgatish va oilaviy hayotga tayyorlash uchun ta’lim muassasalarida tashkil etilgan, “Orasta qizlar”, “Mohir qo‘llar” to‘garaklariga 1,7 mln. nafar (48%) qizlar jalb qilingan.

2. Iqtidorli o‘quvchi-qizlarni qo‘llab-quvvatlash natijasida:

- asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida
31 nafar (55 foiz), mintaqaviy-xalqaro olimpiadalarda nafar (24 foiz) o‘quvchi-qizlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi;

5 ta xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) 2,5 ming nafardan ortiq o‘quvchi-qizlar sertifikatga ega bo‘ldi.

O‘quvchi-qizlar bilan ishlash mexanizmlari:

Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-qizlar faoliyatini yanada kengrok qamrab olish maqsadida ota-onalar bilan yakka va ommaviy tartibda tushuntirish ishlari tashkil etilmoqda. Unda qizlarni ko‘proq ilm-fan sohasida band qilish, ilm olishga intilishini qo‘llab-quvvatlash tushuntirilmoqda.

Natijada, tasviriy san’at va musiqa yo‘nalishida
(
320 ming 569 nafar), jismoniy tarbiya va ommaviy sport to‘garaklariga (352 ming 408 nafar), “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi texnik ijodiyoti yo‘nalishi bo‘yicha 1 002 ta to‘garaklarga (53 ming 214 nafar), IT yo‘nalishidagi to‘garaklarga (510 ming 340 nafar) o‘quvchi-qizlar qamrab olingan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu