Maktab psixologlarining O'zbekistonda gender tenglik masalalari, gender tengligini ta'minlanishining huquqiy asoslari, gender tengligiga oid turlicha yondashuvlar borasidagi ko'nikmalarini oshirish maqsadida navbatdagi onlayn o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.
 Onlayn o'quv seminar davomida:
 jins va gender tushunchalari orasidagi farq;
 gender tengligiga oid yangi tushunchalar;
 Qonunda belgilangan choralar va ularning amaldagi ijrosi xususida so'z yuritildi.
Mashg'ulot davomida seminar ishtirokchilari bilan mavzu doirasidagi tushunchalar tahlili, gender stereotiplarga oid qarashlar tahlil qilindi.