Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatini kengaytirish global resursi (GRASE) dasturi va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimi oshirilib, odob-axloq qoidalari, halollik, rostgo‘ylik kabi mavzular bilan tanishtirib borilmoqda.
Pedagoglar korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi elektron platformasidagi maxsus dastur va kontentlardan foydalanib, kichkintoylarga dastlabki tushunchalarni bermoqda.
Batafsil videolavhada