Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

"Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

12-mart 2024-yil
image

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva boshchiligida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi.

Unda huquq-tartibot idoralari, shahar hokimligi mutasaddi tashkilot vakillari, shahar maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi mas‘ullari ishtirok etdilar.

Tadbirga tashrif buyurganlarga boshqarma rahbariyati va mas‘ul xodimlari tomonidan sohada korruptsiyaga oid qonunbuzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma‘lumotlar berildi. Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik printsipi asosida yo‘lga qo‘yilgan inson omilini kamaytirish maqsadida, maktabgacha va maktab ta‘limi sohasida amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu