Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

Jizzaxda pedagoglar uchun ochiq muloqot o‘tkazildi

27-mart 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi masʼul xodimlari Jizzax viloyatida bo‘lib, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbar va xodimlari, tuman MMTB boshliqlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbir avvalida pedagoglarni yangi metodiklarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi tomonidan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuncha berildi.

Hududlarda bo‘lib o‘tgan tezkor tadbirlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan holatlardan misollar keltirilib, bu borada ogohlikni oshirish va kurashish kelgusidagi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishi haqida eslatib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida mavzu yuzasidan savollarga javob berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu