Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

NAVOIY VILOYATIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

29-fevral 2024-yil
image

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat vazifa va funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari, manfaatlar to‘qnashuvi hamda odob-axloq qoidalari kabi muhim yo‘nalishlarda ma’ruzalar qilindi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat vazifa va funksiyalari buyruq bilan yuklatilgan tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mas’ul xodimlarining kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi.

Seminar yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu