Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil

6-dekabr 2023-yil
image

Davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar ko‘rilmoqda.

Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarining tashkil etilishi shunday ishlar davomidir.

Bugun Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 12-maktabda 9-sinf o‘quvchilari uchun o‘qituvchi Husnobod Rahmonova tomonidan “Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.

Unda maktab o‘quvchilariga korrupsiyaning xavf-xatarlari, ushbu illatga imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbirda o‘quvchilar ham  o‘z munosabatlari va fikrlari bilan faol qatnashdilar.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu