Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

Toshkent davlat pedagogika universitetida korrupsiyaga qarshi kurash haftaligi o‘tkazilmoqda

24-oktabr 2023-yil
image

Joriy yilning  23-oktabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tabiiy fanlar hamda musiqa taʼlimi fakulteti dekanlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i hamda masʼullar ishtirok etdi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish,  bu borada mamlakatimizda qabul qilingan qonun, qaror va farmonlar, ular asnosida universitetda olib borilayotgan ishlar xususida maʼlumot berildi. Korrupsion holatlar talabalarga nafaqat talabalik davrida, balki butun hayoti davomida salbiy oqibatlarga olib kelishi bir necha misollar orqali tushuntirib berildi.

Suhbat davomida universitet korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘lim faoliyati haqida tushunchalar berilib, bo‘lim ishonch telefonlari va telegram kanallari talabalarga yetkazildi.

Ushbu tadbirga bag‘ishlanib talabalar tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida rasmlar chizilib fakultet binosiga o‘rnatildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu