Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

VAZIRLIK XODIMLARINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA DOIR BILIMLARINI OSHIRISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK-TARG‘IBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI

10-iyul 2023-yil
image

Tadbir doirasida faoliyatdagi ochiqlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan: 

– vazirlikning korrupsiyaga karshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom kabi jami  12 ta ichki lokal hujjat tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi;
– “Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlandi;
– vazirlik jamoasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik va ichki idoraviy lokal hujjatlarga rioya etish bo‘yicha quyi tashkilotlarga  namuna bo‘lishi yuzasidan Vazirning murojaatnomasi e’lon qilindi.

Bundan asosiy maqsad, maktabgacha va maktab ta’limi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik vakillari rolini yanada oshirishdan iboratdir.

Ma’lumot o‘rnida, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, ta’lim muassasalari va hududiy boshqarmalarida ham korrupsiyaga qarshi kurashish, soha mas’ullari tomonidan turli qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu