Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

HURMATLI OAV VAKILLARI JURNALISTLAR VA BLOGERLAR!

30-noyabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi Sizlarni “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif qiladi

“9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazadi.

Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari tomonidan quyidagi mavzularda maʼlumotlar taqdim etiladi:

moliyaviy xato va kamchiliklar profilaktikasini taʼminlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida aniqlangan xato va kamchiliklar;

xalq taʼlimi tizimidagi faoliyat jarayonlarini ochiqligini taʼminlash.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Tadbir o‘tkazilish joyi: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 2A uy (Xalq taʼlimi vazirligi binosi).

O‘tkazish vaqti: 2021 yil 1 dekabr Soat 10:00 da.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu