Sayt test rejimida ishlamoqda

ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH OʻTKAZILISHI TOʻGʻRISIDA EʼLON

15-dekabr 2021-yil
image

Tanlash nomi: XTVning mehnat shartnomasini ishlab chiqish va ichki mehnat qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi korxonani aniqlash boʻyicha.

Ustoz-2021 yakuniy bosqich ishtirokchilari uchun tadbir joyini bezatish hamda tadbirni yuqori saviyada tashkilllashtirish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlashni oʻtkazmoqda (keyingi oʻrinda tanlash).

Mazkur tanlashda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda koʻrsatilgan miqdorlarda mahsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, tanlash konsorsium shaklidagi turli birlashmalar ham qatnashishlari mumkin.

Tanlash ishtirokchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar obyekti hisoblangan yuridik shaxs boʻlishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boʻlishi kerak.

Tanlash takliflari (hujjatlar toʻplami) yelimlab muhrlangan va imzolangan ikkita tashqi (1 asl nusxa va 1 nusxa) konvertlarda, Tanlash hujjatlarida koʻrsatilgan 1–shaklga muvofiq Tanlashda ishtirok etishga ariza bilan qabul qilinadi.

Tanlash gʻoliblari– xorijiy, mahalliy korxonalar va tashkilotlar shartnoma umumiy summasining 15% miqdoridagi oldindan toʻlab berilgan kundan boshlab, xizmatlarni 30 kun muddatda tanlash hujjatining texnik tafsilotlari qismida koʻrsatilgan xizmatlarni amalga oshirish talab etiladi. 

Tanlash oʻtkazish jarayonlari va tartibi haqida qoʻshimcha maʼlumot olish istagida boʻlgan tanlash ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a-uy. Tel.: , +998 90 317-15-47 e-mail: eshnzarov@mail.ru, Masʼul: Sh.Yeshnazarov

Bundan tashqari, mazkur tanlash haqidagi maʼlumot Xalq taʼlimi vazirligining www.uzedu.uz elektron saytida hamda maxsus informatsion portalda berilgan.

Tanlash takliflari 2021-yil 22-dekabr kuni soat 18:00 dan kechiktirilmagan holda yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha davlat buyurtmachisiga taqdim etilishi lozim (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tanlash takliflari (konvertlar)ning ochilishi Xarid komissiyasi tomonidan belgilangan joyda va sanada amalga oshiriladi. Bu haqida talabgorga Xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan qoʻshimcha xabar qilinadi.

TANLOV HUJJATLARI

Xarid qilinadigan xizmat haqida maʼlumot

№ лота Наименование закупаемой продукции Ед.изм Кол-во закупа Предельная стоимость закупа
1 ХТВнинг меҳнат шартномасини ишлаб чиқиш ва ички меҳнат қоидаларини ишлаб чиқиш бўйича хизматлар кўрсатувчи корхонани аниқлаш бўйича Хизмат 1 60 000 000

 

 

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu