Sayt test rejimida ishlamoqda

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA

16-sentabr 2021-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-son qaroriga asosan xalq ta’limi sohasiga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etilgan hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlari ulushini oshirish belgilangan. 

Farg’ona viloyati, Uchkuprik tumani, “Yangiobod” MFYda joylashgan sobiq 49-sonli umumta’lim maktabining filialida foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino-inshooti va er maydonida (5 500 kv.m.) (keyingi oʻrinlarda — DXSH obyekti) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat taʼlim muassasasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasi shartlari oz ichiga quyidagilarni oladi:

Tashkil etilayotgan nodavlat umumta’lim tashkilotining umumiy o‘quvchilar sonidan 20 foiziga (ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari) bepul ta’lim berish;

davlat sherigi bilan kelishilgan loyiha hujjatlari asosida DXSh ob’ektida nodavlat umumta’lim muassasasini tashkil etish uchun bino va inshootlar qurish, shuningdek, ushbu muassasaning moddiy-texnik bazasini zamonaviy standartlarga mos ravishda tashkil etish;

bitim amal qilish muddati davomida DXSh ob’ektini asosiy faoliyat turini o‘zgartirmagan holda foydalanish;

DXSh ob’ektida bino va inshootlarni texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqlashtirilgan holda qurish, hamda bitim amal qilish muddati davomida ushbu qoidalar asosida rekonstruksiya va ekspluatatsiya qilish;

uzoq muddatga DXSh ob’ektini rivojlantirish rejasini davlat sherigiga taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-son Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy yil 8-sentyabrda tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini potentsial davlat sherigi (Xalq ta’limi vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli

Loyiha konsepsiyasi

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalarini (takliflarini) 2021-yil 29-oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 18.00 gacha topshirishlari kerak.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalari (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 2a uy (Xalq ta’limi vazirligi).

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalar (takliflar) olingan taqdirda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkazadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu