Sayt test rejimida ishlamoqda

TANLOV O'TKAZILISHI TO'G'RISIDA E'LON

17-iyun 2022-yil
image

DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar


             O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Tashabbuskor kompaniya kumagida 50 ta umumta’lim maktablarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va jihozlash loyihasini (keyingi oʼrinlarda – Loyiha) amalga oshirish boʼyicha konsultant kompaniyani tanlab olish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.


             Tanlov maqsadi: Loyiha umumta’lim maktablarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va jihozlash va ta’lim sifatini va boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Loyihaning amal qilish muddati – 30 yilgacha.


              Ushbu tanlov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son “Tadbirkorlik muhitini yahshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shrt-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar  toʼgʼrisida”gi Farmon asosida tashkil etilmoqda. 


               Tanlov jarayonlarida qatnashish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Texnik topshiriq


                Muddatlar:
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkor va sarmoyadorlar 2022 yilning “27” iyun kuniga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 100017, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy.


                Bog‘lanish uchun:
Tanlov shartlari va unda ishtirok etish bo‘yicha ma’lumot olish uchun Vazirlikning Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va xalq na’limi muossasalarini mulkidan samarali foydalanish boshqarmasi murojaat etishingiz mumkin.


               Ijrochilar:
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va xalq na’limi muossasalarini mulkidan samarali foydalanish boshqarmasi – 55-503-74-00 (6090)
Elektron manzil: info@xtv.uz; zuparov.r@xtv.uz.
Anvar Duvlonov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi DXSh boshqarmasi boshlig‘i;
Tel.: +99871 2030307 (708); e-mail: DKuldashova@ppp.mf.uz;

Tanlovni ochiq va shaffof o‘tkazish maqsadida, sizdan o‘z takliflaringizni yuqorida ko‘rsatilgan manzilga yuborishingizni so‘raymiz.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu