Hurmatli manfaatdor konsalting tashkilotlari,
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish loyihasi” doirasida maktablar qurilishi uchun batafsil loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan loyiha tashkilotini jalb qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.
Loyihaga qiziqish bildirish so‘rovi (REoI) hujjatiga kiritilgan o‘zgartirishlar va shu sababdan barcha qiziqish bildirayotgan tashkilotlarga yangilangan REoI hujjati bilan tanishish va munosib ravishda javob tayyorlash uchun yetarli imkoniyat yaratish maqsadida arizalarni topshirish muddati 2025-yil 1-avgust soat 17:00 ga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
Barcha manfaatdor tashkilotlardan yangilangan REoI hujjati bilan atroflicha tanishib chiqishlari va belgilangan muddat ichida o‘zlarining qiziqish bildirish arizalarini taqdim etishlari so‘raladi.
Mazkur tanlov jarayonida ishtirok etishga bildirgan qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.