Sayt test rejimida ishlamoqda

DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILADIGAN HUDUDLAR KENGAYTIRILMOQDA

12-may 2023-yil
image

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida 2023/2024 o‘quv yilida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 43 ta tuman (shahar)dagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari ELEKTRON ShAKLDA amalga oshiriladi.

Bunda, ushbu hududlarda ota-onalar uydan chiqmagan holda my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, 20-iyundan - 31-iyulgacha biriktirilgan mikrohudud doirasida hamda 1-avgustdan 15-avgustga qadar   mikrohududdan tashqari farzandlarini maktabga joylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Qonunchilikka muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim majburiyligini inobatga olib, hech bir bola ta’limga jalb etilmasdan qolmaydi, Sizlardan maktab yoshidagi farzandlaringizni umumta’lim maktabiga joylashtirish uchun belgilangan muddatlarda murojaat etishingizni so‘rab qolamiz.

Shu o‘rinda yana bir bor eslatib o‘tamiz!

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bola 7️ yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar yuzaga kelgan taqdirda Vazirlikning Call markaziga 71-203-07-04 raqami orqali murojaat etishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu