Sayt test rejimida ishlamoqda

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA

10-aprel 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, “Oltinko‘l” MFY hududida joylashgan bolalar dam olish maskani o‘rnida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.

Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-sonli Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2023-yil 2-fevral kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar bayoni  35-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. 

DXSh asosida nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etishga qiziqish bildirgan tadbirkorlar Toshkent vaqti bilan 2023-yil 1-iyun kuni soat 18:00 gacha loyiha takliflarini yuborishlari mumkin. 
Kontaktlar:

Faridun Kushnazarov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i – 55-503-74-00 (6121, 6111)

Elektron pochta manzili: info@xtv.,  i.hoshimov@xtv.uz
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu