Vazirlik markaziy apparati

.
image

To‘rayev
Ruzibek
Ochilovich

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish va inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

09:00 - 18:00

1982-yil 2-fevral kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tavallud topgan.

2003-y. O‘zbekiston Milliy Universiteti (kunduzgi);

2012-y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

2002-2005-yy. - Shayxontohur tumani 102-sonli maktabda tarix fani o‘qituvchisi  

2007-2008-yy. - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shayxontohur tuman kengashi raisi o‘rinbosari, raisi

2008-2010-yy. - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida Mafkuraviy, targ‘ibiy-tashviqiy masalalar sektori mudiri

2010-2015-yy. - O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari

2015-2016-yy. - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ishlar boshqaruvchisi

2016-2019-yy. - Shayxontohur tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mudiri o‘rinbosari

2019-2019-yy. - Shayxontohur tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy - maʼrifiy ishlar majmuasi bosh mutaxassisi

2018-2022-yy. - Xalq taʼlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi

2022-2023-yy. - Xalq taʼlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2023-2023-yy. - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish va inklyuziv taʼlimni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

2023-y. - h.v. - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish va inklyuziv taʼlimni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining asosiy vazifalari va funksiyalari: 

rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ning differensiallashgan tarmoqlarini maqbullashtirish;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, nogironlarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doir davlat dasturlarini, shuningdek, hududiy dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;
nogironlarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya qilish muassasalarida davolanayotgan nogiron bolalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllarini (vasiylik va homiylikni belgilash, bolani farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat), ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoya muassasalariga joylashtirish) belgilash bo‘yicha markazlashgan nazoratni olib borish;
mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalari hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining, shuningdek, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa muassasalarning faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu