Hududiy boshqarmalar

.
image

BEKTEMIROV
XAMRO
SOLAYEVICH

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

1969-yil 25-fevral kuni Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tavallud topgan.

1995-y. Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti;

2007-y. O‘zbekiston milliy universiteti huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

1987-1989-yy. - Harbiy xizmatda

1990-1992-yy. - Yangibozor tuman xalq taʼlimi bo‘limi filmotekasi ekspeditori

1992-1993-yy. - Yangibozor tumanidagi 26-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining tarix fani o‘qituvchisi

1993-1994-yy. - Yangibozor tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining tarix fani o‘qituvchisi

1994-1996-yy. - Yangibozor tumanidagi 1-sonli litsey-internatining tarix fani o‘qituvchisi

1996-1998-yy. - Yangibozor tumanidagi 1-sonli litsey-internatining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

1998-2004-yy. - Yangibozor tumanidagi 10-sonli huquq va iqtisod yo‘nalishidagi viloyat litseyining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2004-2015-yy. - Yangibozor tumanidagi 9-sonli futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori

2015-2018-yy. - Urganch shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji direktori

2018-2023-yy. - Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i

2023 y.- h.v. - Xorazm viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

Xorazm viloyati va mahalliy hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (bundan buyon matnda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻquv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni reabilitatsiya qilish va maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida taʼlim berishning muqobil shakllarini rivojlantirish;

hududlarda davlat-xususiy sherikchiligini kengaytirish boʻyicha amaliy choralar qabul qilish;

umumtaʼlim muassasalarida zamonaviy xavfsizlikni taʼminlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish;

umumtaʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida hokimiyatlar reytingini tuzishda koʻmaklashish;

oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan turli xil ishlarga jalb qilinishini qatʼiyan yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash, oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini oshirish, oʻqituvchilarning oʻz kasb faoliyatini amalga oshirishi chogʻida huquq va erkinliklari buzilmasligi, shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarni koʻrish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, pedagogik kadrlar malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;

oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etishni taʼminlash;

taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish orqali oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yana-da chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, ularning umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinfida yoki oʻzlari tanlagan akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarida oʻqishlarini davom ettirishlarini taʼminlash;

oʻquvchilarning kasbga yoʻnaltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va oʻsmirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish;

oʻquvchi-yoshlarni, jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shugʻullanishga ommaviy jalb etishni tashkil etish;

shaharning taʼlim sohasida erishgan yutuqlarini konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan respublika darajasida keng targʻib qilish;

Boshqarma tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari va tasarrufidagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu