Hududiy boshqarmalar

.
image

Xolbayeva
Nargiza
Ibadullayevna

Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

1987-yil 4-may kuni Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tavallud topgan.

2008-y. Guliston davlat universitetini tamomlagan.

2008-2008- yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 13-umumtaʼlim maktabi tarix fani o‘qituvchisi

2008-2009- yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi Madaniyat va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘limi mudiri

2009-2010- yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi Tashkiliy-kadrlar va axborot-tahlil bo‘limi mudiri

2010-2012- yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi o‘rinbosari, “Kamalak” Bolalar tashkiloti raisi

2012-2014- yy. -  Bola parvarishi taʼtilida

2014-2017- yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

2017-2017- yy. -  Bola parvarishi taʼtilida

2017-2019- yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

2017-2020- yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi, besh tashabbusni muvofiqlashtirish kompleksi rahbari

2020-2022- yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi

2022-2022- yy. -  Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i

2022 -2023- yy. - Prezident taʼlim muassasalari agentligining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i

2023-2023- yy. - Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari

2023-2024- yy. - Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

2024 -y. - h.v.   - Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

Sirdaryo viloyati va mahalliy hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (bundan buyon matnda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻquv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni reabilitatsiya qilish va maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida taʼlim berishning muqobil shakllarini rivojlantirish;

hududlarda davlat-xususiy sherikchiligini kengaytirish boʻyicha amaliy choralar qabul qilish;

umumtaʼlim muassasalarida zamonaviy xavfsizlikni taʼminlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish;

umumtaʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida hokimiyatlar reytingini tuzishda koʻmaklashish;

oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan turli xil ishlarga jalb qilinishini qatʼiyan yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash, oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini oshirish, oʻqituvchilarning oʻz kasb faoliyatini amalga oshirishi chogʻida huquq va erkinliklari buzilmasligi, shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarni koʻrish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, pedagogik kadrlar malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;

oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etishni taʼminlash;

taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish orqali oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yana-da chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, ularning umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinfida yoki oʻzlari tanlagan akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarida oʻqishlarini davom ettirishlarini taʼminlash;

oʻquvchilarning kasbga yoʻnaltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va oʻsmirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish;

oʻquvchi-yoshlarni, jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shugʻullanishga ommaviy jalb etishni tashkil etish;

shaharning taʼlim sohasida erishgan yutuqlarini konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan respublika darajasida keng targʻib qilish;

Boshqarma tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari va tasarrufidagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu