Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Unda ta’lim muassasalarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, formativ-summativ baholash tizimiga o’tgan tajriba-sinov maktablarida baholash jarayonlarini yaxshilash, ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyi bosqichlarga qadar yetkazish holati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, kasbi orqali qo'shimcha daromad topayotgan pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.