Ma'ruzalar

.

XALQ TA'LIMI VAZIRINING BIRINCHI O'RINBOSARI B.DONIYOROVNING MA'RUZASI

31-dekabr 2020-yil
image

2015-2016 o'quv yili yakunlari: amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar to'g'risida

(Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – B.Daniyarovning ma'ruzasi)

  Assalomu alaykum, hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Bugungi kunda Xalq ta'limi tizimida jami 15 633 ta ta'lim muassasalari (4916 ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 9692 ta umumiy o'rta ta'lim maktablari, 23 ta Mehribonlik uylari, 283 ta bolalar musiqa va san'at maktablari, 211 ta (Barkamol avlod( markazlari, 225 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari, 4 ta davlat pedagogika, 17 ta pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari) faoliyat ko'rsatmoqda.

2015-2016 o'quv yili ham bir-necha kunlardan keyin yakunlanadi.  Demak, bugun biz siz bilan yakuniga etayotgan o'quv yilini sarhisob qilishimiz va kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilishimiz mumkin.

Avvalo, yakuniga etayotgan o'quv yili xalq ta'limi tizimida muhim voqealarga, o'quvchilarimizning turli musobaqa va tanlovlardagi muvaffaqiyatlariga boy bo'ldi desam, mubolag'a bo'lmaydi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2016 yilning (sog'lom ona va bola yili( deb e'lon qilinishi keng jamoatchiligimiz, ayniqsa, xalq ta'limi tizimi xodimlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Zero, mazkur Davlat dasturi yurtimizda barkamol avlodni voyaga etkazish yo'lida olib borilayotgan aniq maqsadli keng ko'lamli islohotlarning mantiqiy davomidir.

Davlat dasturi asosida tizimda amalga oshirilayotgan muhim loyihalar haqida to'xtaladigan bo'lsak, joriy yilda 1220 ta umumta'lim maktabini kompyuter sinfi, interaktiv elektron doskalar va kondisionerlar bilan jihozlash belgilangan. Natijada respublikadagi mavjud maktablardagi 12 956 ta o'quv-kompyuter xonalari (81,5 %), zamonaviy kompyuter texnikasi bilan, 2603 tasi (26,8%) elektron doskalar bilan ta'minlanadi.

2015 yil dekabr oyida Koreya Respublikasining KEFA tashkiloti va Xalq ta'limi vazirligi hamkorligida O'zbekistonda birinchi Smart-sinf ochildi. Toshkent shahar Yunusobod tumani 327-sonli maktabdagi (aqlli sinf( umumiy qiymati 211 ming AQSh dollari bo'lgan zamonaviy texnik vositalar (planshet, noutbuk, maxsus mebel, server, elektron tribuna, interaktiv kiosk va panellar) bilan jihozlangan. Kelgusida bu kabi zamonaviy sinflar soni ko'payadi.

Shuningdek, joriy yilda 286 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini kapital rekonstruktsiya qilish belgilangan bo'lib (54-band), ularni mebel, asbob-uskunalar, o'yinchoqlar va texnik vositalar bilan jihozlash (56-band) bo'yicha ham ishlar olib borilmoqda.

(Ta'limda global hamkorlik( loyihasi doirasida 1220 ta (qisqa muddatli( guruhlar tashkil etilib, mazkur qisqa muddatli guruhlar 7,4 mln AQSh dollari miqdoridagi o'quv mebel va rivojlantiruvchi ta'lim materiallari bilan ta'minlanadi. Shuningdek, mazkur MTMlar pedagog kadrlar uchun 11 nomdagi o'quv-metodik qo'llanmalari, 50 nomdagi bolalar badiiy adabiyotlari bilan ta'minlash ko'zda tutilgan.

Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan eng katta yangiliklardan biri 62-bandga asosan o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish maqsadida Evropaning rivojlangan mamlakatlari hamda mamlakatimizda chet tillari bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimining davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasiga tayangan holda kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan 18 ta umumta'lim fanlari bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimining davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarining loyihalari tayyorlandi. Mazkur loyihalar 75 ta maktab, 39 ta kasb-hunar kollejlari va 28 ta akademik liseyda tajriba-sinovdan o'tkazilib, 6 ta tayanch kompetentsiyalar belgilab olindi.

Qolaversa, davlat dasturi doirasida joriy yilda ilk marotaba bolalar musiqa va san'at maktablari uchun o'quv qo'llanmalar va notalar to'plamini yaratish bo'yicha (58-band); 217 ta maktab sport zallarida qurilish-ta'mirlash ishlarini olib borish bo'yicha (34-band); maktabgacha yoshdagi (3-6 yosh) qiz bolalarda orastalik, mehnatsevarlik kabi go'zal fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan (Zumradoylar davrasi( to'garagi yo'riqnomasi yaratish bo'yicha (39-band) ishlar olib borilmoqda.

Yakuniga etayotgan o'quv yilidagi eng muhim voqealarga to'xtaladigan bo'lsak, 2016 yilda ilk marotaba umumta'lim fanlarini o'qitish metodologiyasini mazmunan modernizasiya qilish, ilg'or tajribalar asosida o'qitish jarayoniga innovasion pedagogik va mediatexnologiyalarni joriy etish, bunda kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e'tiborni qaratgan holda umumiy o'rta ta'limning sifat-samaradorligini tubdan yaxshilash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi, hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari hamda har bir ta'lim muassasasi tomonidan (2016-2019 yillarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar( ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Mazkur kontsepsiya ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilib, ta'lim ishtirokchilarining aniq vazifalarini belgilab beradi.

Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv dasturlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalarini qayta ko'rib chiqish va yangilarini yaratish bo'yicha (2017-2020 yillarda bosqichma-bosqich umumta'lim maktablarining yangi avlod darsliklarini yaratish va nashr etish( dasturi ishlab chiqilmoqda. Hozirda kelgusi o'quv yili uchun 525 nomda 26,1 mln nusxa darsliklarni chop etilmoqda. 

2011 yildan boshlab xalq ta'limi tizimida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, o'quvchilarning qobiliyat va iste'dodlarini qo'yi sinflardan boshlab aniqlash va ularni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida fanlar bo'yicha to'rt bosqichli (bilimlar bellashuvi(ni tashkil etish yo'lga qo'yildi. Quvonarlisi, o'quvchilarda mazkur bellashuvga nisbatan qiziqishning yildan yilga ortib borayotganidir. Bu yilgi bilimlar bellashuvining hududiy bosqichida rekord darajada ko'p - 2,5 mln.dan ortiq o'quvchilar ishtirok etdi. Bu esa jami o'quvchilarnig 55%dan ortig'i ushbu bellashuvda qatnashganini bildiradi.

Joriy o'quv yilida ham muhtaram Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrdagi (chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari( to'g'risidagi qarori asosida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar davom ettirildi.

Jumladan, boshlang'ich sinflarda chet tillarini o'qitish uchun 17222 ta chet tili xonalari tayyorlandi va ularning barchasi DVD-magnitola, o'quv-ko'rgazmali qurollar, lug'at va adabiyotlar bilan ta'minlandi. 2014 yilda 2457 ta boshlang'ich sinflarga noutbuk kompyuterlar, proektor va boshqa texnik vositalar etkazilgan bo'lsa, 2015 yilda 4193 ta boshlang'ich va 1500 ta 5-9-sinflar uchun jihozlar etkazib berildi.

2015 yilda umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf chet tillari kabinetlarini 6775 sinf to'plam texnik vositalari bilan jihozlandi.

2016 yilning yanvar oyida tarixda ilk marotaba 42 nafar yilning eng yaxshi ingliz tili o'qituvchilari Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlarida ixtisoslik bo'yicha malaka oshirishdi. Xorijda malaka oshirib qaytgan pedagoglar olgan tajribalarini o'z hamkasblariga o'rgatishmoqda. Natijada joriy yilda 3331 nafar o'qituvchi (yilning eng yaxshi ingliz tili o'qituvchisi( ko'rik-tanlovida qatnishish istagini bildirmoqda. Bu o'tgan yilga nisbatan 2 barobar ko'p demakdir.

2016 yilning 11 yanvaridan 20 martiga qadar 4-sinflar uchun chet tillaridan yaratilgan darslik majmualari tayanch maktablarda tajriba-sinovdan o'tkazildi. Qayd etish lozimki, 4-sinf o'quvchilari uchun (Kids' English-4( darslik majmuasi tajriba-sinovlari oldingi yillarda bu borada muayyan tajribaga ega bo'lgan eksperimentator-o'qituvchilar tomonidan o'tkazildi.

Yangi o'quv yilidan boshlab O'zbekistonda ilk marotaba 1 sinfdan to 9 sinfga qadar barcha o'quvchilar yangi DTS asosida chet tili fanini o'rganishadi. Ya'ni, barcha sinf o'quvchilari chet tilini o'rganishga qamrab olinadi.

Joriy yilda ilk marotaba o'quvchilarning maktabdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport sektsiyalari, fan to'garaklari va musiqa mashg'ulotlarining o'z vaqtida o'tilishiga erishish, ular faoliyatini muntazam monitoring qilish hamda amaliy yordam ko'rsatish maqsadida yangi on-layn tizim ishga tushirildi.

 Endilikda respublikadagi barcha bolalar va o'smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san'at maktablari, (Barkamol avlod( bolalar markazlari moddiy-texnik bazasi, yo'nalishlari, pedagoglar jamoasi, o'quvchilar qamrovi haqmda Real vaqt birligida on-layn tizimda axborot olish mumkin. 

2015-2016 o'quv yilida sport yo'nalishida ham katta o'zgarishlar bo'ldi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi 356-sonli qarori asosida tizimidagi 225 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari qaytadan tashkil etildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad bolalarni sportga jalb qilish ishlarini takomillashtirish, sport to'garaklari va sektsiyalari faoliyatini yaxshilash hamda sport bilan shug'ullanuvchi o'quvchilar qamrovini oshirishdir.

Qolaversa, bolalar-o'smirlar sport maktablari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 martdagi PQ-2503-sonli qarori qabul qilinib, ushbu hujjat asosida 2016 yil bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 26 ta bolalar-o'smirlar sport maktablarida qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash hamda zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash belgilandi. Shuningdek, 2016 yil bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 212 ta sport maktablari sport anjomlari va uskunalari bilan to'liq ta'minlanadi.

Bugungi kunda 225 ta bolalar-o'smirlar sport maktablarida jami 20 940 ta sport sektsiyalari tashkil etilgan bo'lib, ularga 265 913 nafar (86 975 nafar qizlar) o'quvchilarni qamrab olishga erishildi. Yakuniga etayotgan o'quv yili davomida 53 ta nufuzli xalqaro sport tadbirlarida jami 479 nafar (shundan 166 nafari qizlar) o'quvchilarimiz ishtirok etishib, 140 ta oltin, 83 ta kumush va 91 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Musiqa va san'at ta'limi yo'nalishida ham ushbu o'quv yili muhim voqealarga boy bo'ldi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabrdagi (bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha 2016-2020 yillarga mo'ljallangan Davlat dasturi to'g'risida( gi PQ-2435-sonli qarori qabul qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu