31.12.2020 yildagi 832-son
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Bunda, “Injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan muddat ichida asoslantirilgan yozma xulosa taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

(loyihalarni ishlab chiqish va kelishish)

Buyurtmachi tashkilotlar

“Injiniring kompaniyasi” DUKga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish maqsadida murojaat qiladilar.

Loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish maqsadida “Injiniring kompaniyasi” DUK bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzadilar.

Kelgusi yil uchun joriy yil oktyabr oyining oxirgi kuniga qadar

“Injinirin� kompaniyasi” DUK

Shartnoma asosida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

Buyurtmachi tashkilotlar

“Injiniring kompaniyasi” DUK texnik topshiriqlariga asosan tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini “Iijiniring kompaniyasi” DUK bilan kelishilishini ta’minlaydi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishdan oldin

“Injiniring kompaniyasi” DUK

“Kelishildi” shtampi hamda mas’ul shaxsning imzosi qo‘yilgan holda loyiha-smeta hujjatlarining kelishuvini amalga oshiradi yoki kelishuvni rad etish to‘g‘risida buyurtmachi tashkilotga asoslantirilgan yozma xulosasini taqdim qiladi.

Loyiha-smeta hujjatlari qabul qilib olingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida


2-bosqich

(sifat nazoratini amalga oshirish)

“Injiniring kompaniyasi” DUK

Umumta’lim obyektlarini “Zamonaviy maktab” namunaviy loyihalari asosida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash jarayonida sifat nazoratini amalga oshiradi.

Qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi davomida doimiy

Buyurtmachi tashkilotlar

“Injiniring kompaniyasi” DUKni umumta’lim obyektlarida qurilish-montaj ishlari boshlanganligi to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantiradi.

Qurilish-montaj ishlari boshlangan vaqtdan boshlab 3 kun ichida

“Injiniring kompaniyasi” DUK

Sifat nazoratini amalga oshirishga kirishadi.

Qurilish-montaj ishlari boshlanganligi to‘g‘risida yozma ogohlantirish olingan vaqtdan boshlab 15 kun ichida


3-bosqich

(yakuniy nazoratni amalga oshirish)

Buyurtmachi tashkilotlar

“Injiniring kompaniyasi” DUKni umumta’lim obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanganligi to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantiradi.

Qur�lish-montaj ishlari yakunlangan vaqtdan boshlab 3 kun ichida

“Injiniring kompaniyasi” DUK

Buyurtmachi, qurilish-pudrat (yordamchi pudratchi), loyihachi tashkilotlar vakillari ishtirokida bajarilgan ishlarning yakuniy nazoratini amalga oshirishga kirishadi.

Yakuniy nazorat davomiyligi amalga oshirilgan ishlar hajmi, bino-inshootlarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda, lekin 30 kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

Qurilish-montaj ishlari yakunlanganligi to‘g‘risida yozma ogohlantirish olingan vaqtdan boshlab 10 ish kuni ichida

Buyurtmachi tashkilotlar

Yakuniy nazoratni amalga oshirish uchun “Injiniring kompaniyasi” DUK talab etgan barcha zarur hujjatlarni taqdim etadi.

“Injiniring kompaniyasi” DUKning birinchi talabiga muvofiq

“Injiniring kompaniyasi” DUK

Yakuniy nazorat natijalari asosida 3 nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Umumta’lim obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash jarayonida loyiha-smeta hujjatlariga mos bo‘lmagan, “Zamonaviy maktab” texnik talablarini buzib bajarilgan, sifatsiz holatlar aniqlangan taqdirda, buyurtmachiga qurilish-pudrat tashkilotlari va loyihachilar bilan birgalikda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi.

Yakuniy nazorat natijalari asosida

Buyurtmachi va qurilish-pudrat tashkilotlari

Loyihachilar bilan birgalikda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

“Injiniring kompaniyasi”ning yozma ko‘rsatmasini olgan kundan boshlab 15 kun ichida

“Injiniring kompaniyasi” DUK

Aniqlangan kamchilik va nuqsonlar 15 kunlik muddatda bartaraf etilmagan yoki ularni bartaraf etish imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda, sifatsiz va belgilangan texnik talablarga mos kelmagan holda bajarilgan hamda ortiqcha hajmda ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlar� qiymatini iqtisodiy sudlar orqali undirish bo‘yicha da’vo arizalari kiritadi.

Belgilangan muddatlarda