Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

AXMEDOV
BURXON
NAZAROVICH

Ichki audit boshqarmasi boshlig‘i

09:00 - 18:00

Ichki audit xizmatining asosiy vazifalari vazirlik tassarrufidagi muassasalar va tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarini noqonuniy sarflanishi va talon-taroj qilinishi holatlarini quyidagi yoʻllar bilan aniqlash, profilaktika kilish va oldini olishdan iborat:

tizimdagi muassasalar va tashkilotlarining xarajatlar smetasini hamda daromadlar va xarajatlar smetasini toʻgʻri rejalashtirilishi va uning ijrosi, byudjet hisobini yuritilishi, tender (tanlov) savdolarining oʻtkazilishi va shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish;

tizimdagi muassasalar va tashkilotlar hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari rahbarlariga byudjet hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish, asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yoʻl qoʻymaslik, byudjet, smeta-shtat intizomini mustahkamlash, byudjet mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan tovarlar, ish va xizmatlarni xarid kilish samaradorligini oshirish, markazlashtirilgan moliya- buxgalteriya xizmatlarining xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;

aniqlangan qonun buzilishi holatlarni, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida tizimdagi muassasalar va tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqsimnomalar kiritish.

Ichki audit xizmatining funksiyalari quyidagilardan iborat: byudjet soʻrovini qonun hujjatlariga muvofiq toʻgʻri tuzilishini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib monitoring qilish;

xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini qonun hujjatlari talablari asosida tuzilishini oʻrganish;

byudjet hisobini toʻgʻri yuritilishi yuzasidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib monitoring olib borish;

tayyorlangan va topshirilgan moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi, asoslanganligini va toʻla (tugallangan) boʻlishini oʻrganish va tahlil etish;

yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklarning asosliligini oʻrganish; naqd pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklari hamda boshqa aktivlarni saqlanishi va holatini monitoring qilish;

ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida moliyalashtirilishi hamda mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring oʻtkazish;

tender (tanlov) savdolarining oʻtkazilishi va shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish;

faoliyatning barcha yoʻnalishlari boʻyicha, shu jumladan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini monitoring qilish orqali iqtisod kilinishi mumkin boʻlgan mablagʻlarni aniqlash;

qarzdorliklarni undirish va qisqartirish, toʻlov intizomiga rioya etilishini tahlil etish asosida byudjet mablaglaridan samarali foydalanilganligini oʻrganish;

dasturlarda (davlat, tarmoq, hududiy) va boshqa pormativ-hukukiy hujjatlarda belgilangan maqsad, tadbir va vazifalar boʻyicha ajratilgan byudjet mablaglar doirasida erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash;

belgilangan natijadorlik mezoni va koʻrsatkichlarning bajarilishini tekshirish, doimiy monitoring oʻrnatish va tahlil kilib borish;

tizimdagi muassasalar va tashkilotlarda korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarini olib borish;

vakolat doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish, mehnat va ijro intizomini taʼminlashni nazorat qilish;

 

byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning maqsadli sarflanishini taʼminlashga karatilgan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajarish.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu